Elif

Summary

Ismlar His little sunshinedan ilhomlanilgan undagi mukammal juftlik yani Ayan Va Elif ismlari ishlatilgan asosan uch qiz ayanchli hikoyasi va sabri mahsuli

Genre
Drama/Romance
Author
Smlv
Status
Ongoing
Chapters
1
Rating
n/a
Age Rating
16+

Chapter 1

      Elif bomdod nomozini tugatib joy nomozini bir tarafga yigarkan namozidan so‘ng zikr vaqtida qulog‘iga g‘alati ovoz eshitildi. Goh bo‘g‘iq, goh ingichka tovushlar eshitilarkan, yuragi hapqirib urishni boshladi. . Birinchi bo‘lib xayoliga onasi keldi hamki. Shoshib, nafasini rostlashga ulgurmay, honasi tomon yugurdi.

Ichkariga kirishi bilan ko‘rishi mumkin bo‘lgan yagona manzara – onasining tutqanog‘i edi. Ichkariga kirgacha Hona burchagidagi tortmadan bir dokaga o‘ralgan narsani olib, onasining og‘ziga tutdi. bu holatga allaqachon ko‘nikkan bo'lsada doim birinchi marta boshdan otgiza yotgan dek qorqar ahir kim ham onasini yoqotishni istardi. Bir necha yillardan beri shu yotoqdan turmagan onasi uchun har kecha tahajjud namozini ham qoldirmasdi. Oxirgi marta qachon to‘yib uxlagani esa yodida yo‘q.

Ko‘zlari yoshga to‘lsa ham yig‘lamadi. Ammo ich-ichidan ezilib, ichidagi iltijosi tiliga ko‘chdi:

— Yo Robbiy, onam menga kerak, hali uzoq yashashi kerak...

Onasi oziga kelishini boshlarkan asta-sekin ko‘zlarini ochganida qiz yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Bir necha daqiqa ichida hammasi oz joyiga tushdi. U onasini biroz tinchlantirib, ustini yopdi va nonushta tayyorlashga shoshildi.

O‘zi esa qahvaxona ochilishidan oldin yetib borishi kerak. Hozirgi vaqtda Ish yagona tirikchilik manbai edi u uchun. Hozirgi sharoitda ishni yo‘qotish haqida o‘ylash ham mumkin emas.                       Qiz oshxonada nonushta tayyorlayotganda, eshik qo‘ng‘irog‘i jarangladi. Ishga kech qolmaslik uchun sumkasini oldi - yu, onasiga yana bir qarab qo‘yib, eshikni ochdi.

Eshik oldida Rabie turardi. Uning qo‘lida issiq non va qog‘oz paket bor edi. Rabie qattiq ishlagan bo'lsada jilmaygancha ko‘zlaridagi charchoqni yashirishga harakat qilardi.

— Qalaysan? – Rabie ishdan olgan charchogiga deb biroz horsindi.

— Yaxshi, lekin shoshishim kerak. Ishga kech qolsam yana haydalishim mumkin. Ehtiyot bol kecha yana takrorlandi. Elif takidlab otgancha uydan chiqdi.

— Havotir olma! o‘zim qarayman. Sen faqat ishingga kech qolma — Rabie qolidagi qogoz paketdan dorilarni chiqardiyu stol ustiga qoydi.

Elif ham dorilarni korib yengil nafas oldi. Rabie har doim shunday – so‘zsiz tushunadi, ortiqcha savol bermaydi. Rabie Elif uchun nafaqat dugonasi, balki oilasi ham edi.                                                    Qahvaxonada har doimgidek shovqin. Kimdir qahva buyurtma qilsa, kimdir shirinlik tanlardi. Ammo qiz ishga sho‘ng‘ib, boshqa narsani o‘ylamaslikka harakat qildi.

Moliyaviy muammolar hammasidan ustun turardi. Ijara, onasining dorilari, kundalik xarajatlar – hammasi uning yelkasida. Yaxshiyamki dugonalari bor unga katta yordam korsatishadi. Ish va hayot o‘rtasidagi muvozanatni topish qanchalik qiyinligini faqat Habibe va Rabie bilardi.

Ba’zan mijozlarning shikoyatlari yoki injiqliklari sabab sabrini sinovga qo‘yardi. Lekin har doim o‘ziga bitta gapni takrorlardi: "Men buni onam uchun qilyapman."

U zal bo‘ylab yurib, mijozlarning buyurtmalarini olib yurganida, kassaning oldida Habibe turganini ko‘rdi. U allaqachon ish smenasini topshirib, Elifni kutayotgan edi.

Elif va Habibe bir joyda ishlashardi ammo bir biriga teskari vaqtlarda Habibe bazida kechga ishlasa Elifda tongda kelardi. Elif tunda ishlasa Habibe tongda kelardi.

— Holsiz ko'rinyapsan — Elif qo'lidagi menyuni kassa oldiga qo'ygancha Habibega qaradi.

— Kecha yana odam kop boldimi. — Elif unga achinish ohangida biroz xijillik bilan gapirarkan

— Bir oz boshim og'riyapti — Habibe ham uni ko'p kutirmay javob qaytardi

Elif do‘stining ko‘zlaridagi holsizlikni sezib, biroz xavotirlandi. Ular allaqachon bir-birining kayfiyatini bir qarashda tushunib oladigan darajada yaqin edilar.

— Uyga borib dam ol. Rabie ham uyda Nonushta tayyor bo'lishi kere borasan ovqatalanasan va uhlaysan biroz shomolaganga xam o'xshayapsan kechasi men ishlayman kelma hopmi— dedi Elif, mehri bilan

Habibe minnatdorlik bilan jilmaydi.

Elif jilmayib Habibeni yelkasida silab qo'ygancha boraqol ishorasini qildi.             Kun juda sekin o'tishiga qaramay tun kirishi bilan. shahar jimjitlika burkandi. Faqat uzoqdan kelayotgan motosikl dvigatellari va qahvaxona oldidagi chiroqlarning g‘ira-shira yorug‘ligi tungi hayotni jonlantirib turardi.

Ayan eshikdan shoshilib kirarkan, ko‘zlarini kaftlari bilan ishqalay boshladi. Uzoq poyga oldidan uxlamaslik uchun qahvaga ehtiyoji bor edi. Qahvaxonada kam odam bor edi. Xona burchagida bir inson kechki uyqisini yengish uchun qahva ichib otirsa boshqa tarafda esa kimdir noutbuk ekraniga tikilib o‘tirardi. Lekin Ayanning nigohi peshtaxta ortida band bo‘lgan qizga tushdi.

Elif charchoqdan qovoqlari biroz osilgan bo‘lsa-da, baribir mijozlarni jilmayib kutib olardi. Qahva quyarkan, ko‘zlari uzoqdan kirib kelgan yigit bilan to‘qnashdi.

— Sizga qanday nima yordam bera olaman? — Elif o‘zini qo‘lga olib, odatdagidek muloyim ohangda so‘radi.

Ayan negadir bir zum javob qaytara olmadi. Bir lahzaga qizning chiroyli jigarang ko'zlarida adashib qolgandek goyo ammo tezda o'zini yig'ishtirib olarkan:

— Qora qahva, shakar qo‘shmay — Ayan

Elif jilmayib qo'ygancha unga kutib turishni aytib ichimlik tayyorlay boshladi. Ayan esa stulga o‘tirarkan, ko‘zi Elifning qo‘llariga tushdi. Nozik, lekin qanchadir kuchli. Xuddi o‘zi tushida yelkasiga qo‘yilgan qo‘llarga o‘xshardi…

O‘zidan o‘zi g‘alati hisni his qilgancha, Ayan o‘zini bir chekkaga tortdi. Bu yerda uzoq qolish yaxshi fikr emasdi. Ammo kechasi hali oldinda edi….                       Biroz vaqt otib eshik ohista ochilgan ovozi eshitilarkan Tunda poyga adrenalinidan charchagan Ayan uyiga qaytib, yotoqqa cho‘zildi. Ko‘zlarini yumishi bilan yana o‘sha tush uni o‘z domiga tortdi…

Qora naqshinkor mato.

Yelkasiga qo‘yilgan qo‘llar.

Yo‘qimli, lekin notanish kulgu.

Savol lar savoligicha qolar … lekin hech qanday javob yo‘q.

Uyqudan uyg'onarkan Nafasi rostlanmasidan oldin o‘rnidan turib, ichki bir hissiyot bilan buvisi yoniga yo‘l oldi.

Xonasiga kirganida, buvisi hali ham uyg‘oq edi. Keksa ayol ko‘rpaga o‘ranib, tashqariga tikilib o‘tirardi. Ayan hech narsa demay, uning yoniga borib tiz cho‘kdi va boshini tizzasiga qo‘ydi.

— Buvi… — Bir oz titiroq ovozda — Yana o‘sha tush. Yana o‘sha mato… va o‘sha qo‘llar…

Buvisi uning sochlarini ohista silab, chuqur nafas oldi.

— Yuragingdagi og‘riqning sababini hali o‘zing ham bilmayapsanmi, bolam, — dedi u mayin ohangda. — Ammo tushlar bekorga bo'lmaydi… Ehtimol, kimdir yoki nimadir seni chaqirayotgandir biron nimaga ishora qilayotgandur…

Ayan ko‘zlarini yumib, ichidagi og‘irlikni yengil his qildi. Lekin tushlarning sirini haligacha tushunolmasdi…

Ayan chuqur nafas olib, bir lahzaga jim qoldi. So‘ng, birdan ichidan chiqqan savolni berdi:

— Buvi… mening ismim nimani anglatishini bilasizmi?

— Yo‘q, bolam. Men bu ismning ma’nosini bilmayman… Chunki bu ismingni men ham, otang yoki onang ham tanlamaganmiz.

— Kim unda?

Buvisi chuqur nafas olib, yuziga g‘amgin tabassum yugurdi. Va otimishda Ayan tugulgan kunda marhum o'g'lining uyga qanday hursandchilikda kelganini esladi

— Otangning eski do‘stlaridan biri. Lekin u haqda ko‘p narsa bilmayman. Faqat otang unga juda ishonishini aytgan… Balki tushlaring aynan shu ism bilan bog‘liqdir… otang uning ismi boshqa dinga mansub deb ham aytgandi

Ayan g‘alati hisga tushdi. Tushlarining ma’nosi shunchaki tasodif emasmi? Yoki ismiga bog‘liq qandaydir sir bormi?

U bu savollar bilan xonadan chiqib ketdi. Tong otayotgan bo‘lsa-da, u yana uxlashni istamasdi yoki uyqi unga begonaga aylangandi….                              Elif chuqur nafas olib, sumkasini burchakka qo‘ydi. Nihoyat dam olish kuni! Ish haqida o‘ylamasdan, biroz bo‘lsa ham dam olishi mumkin edi.

U oshhonaga kirarkan va pech oldida nonushta tayyorlayotgan Rabieni ko‘rib jilmaydi.

— Har doimgidek erta turibsan— Elif kulim sirab gapirarkan

Rabie uni kop kutirmay tabassum qildi.

— Albatta, kimdir sizlarning ovqatlanishingni nazorat qilishi kerak. Bugun dam olish kuni, demak, yaxshi nonushta qilish shart!

Elif qoli bilan Jimman degancha ishora qilarkan . Shu payt esnagancha Habibe ham oshxonaga kirdi. U sochlarini tartibga keltirarkan, oranib olgan korpasini ochishni istamasdi

— Nonushta tayyor bo‘ldimi? — Habibe

Rabie unga bir piyola choy uzatarkan, jilmayib dedi:

— Senga alohida tayyorlangan choy bor, shomollashga qarshi maxsus dorivor choy.

Habibe xo‘rsindi, lekin piyolani oldi. Uch dugona, nihoyat, birgalikda nonushta qilish uchun dasturxon atrofida jam bo‘lishdi. Bugun ular biroz dam olishlari mumkin edi… hech bo‘lmaganda bir necha soat.                                                    Rabie muzlatgich eshigini ochishi bilan, hafsalasi pir bo‘ldi. Bitta tuxum, yarmi ishlatilgan murabbo va qadoqlangan suvdan boshqa hech narsa qolmagan edi.

— Voy-bo‘, bu yerda hech narsa qolmapti! Qizlar — dedi u, hafsalasi pir bo'lganini sezish qiyin emasdi.

Elif divanda boshini yostiqqa qo‘yib yotardi, ko‘zlari yumilgan, lekin uxlamayotgani shundoq sezilib turardi. Habibe esa adyolga o‘ralgancha choyini ho‘plab o'tirardi.

— Qizlar, do‘konga borishimiz kerak! — Rabie kim men bilan boradi degandek ishora qilarkan

Habibe ovozini zo‘rg‘a chiqarib, choyini yana bir holagancha gapirdi

— Men borolmayman, boshim og'riyapti , burnim esa bitib qolgan… ahvolim yomon shekl atay kochaga chiqishni istamagan holatda gapirgan gaplari bilan Rabieni ishontira olgandi.

Rabie unga sinchiklab qaradi. Haqiqatan ham rangi oqarib ketgan, ko‘z ostlari esa biroz shishgan edi.

— Yaxshi, sen qolaver. Hech bo‘lmasa Elif… - Rabie dugonasiga umid bilan qaradi, lekin Elif yostiqqa chuqurroq joylashib.

— Kechasi ham ishladim… ertaga ham ishlashim kerak bugun dam olay— Elifning gapirish ohangidan charchagani bilinib turardi. —

Rabie qo‘llarini beliga qo‘yib, har ikkisini sinchiklab kuzatgancha, og‘ir xo‘rsinib, nonushta tayyorlash uchun kotargan ko‘ylagining yengini yana qayta tushurdi.

— Unda menga o‘zim borishdan boshqa iloj yo‘q!

U sumkasini oldi va eshik oldiga yetganda Elifning ovozi eshitildi

— Juda ko‘p narsa olma, charchab qolishingni istamiman!

— yaxshi — dedi Rabie jilmayib.

U eshikni ochib tashqariga chiqdi. Ko‘chada bahorning iliq shabadasi yuzini silardi. Rabie sumkasini qo‘liga mahkam ushlagancha, do‘kondan chiqdi. Xaltalar unchalik og‘ir emasdi, ammo har ehtimolga qarshi ikkala qo‘liga teng taqsimlab olgandi. Ko‘chada bahorning mayin shabadasi esar havo unchalik quyoshli bo'lmasa ham, shaftoli gulari hidi kochlarga yanada boshqa bir tasurot berardi. Rabie svetafor chiroqlariga bir qarab qoydiyu yashil yonish arafasida yo‘lning narigi tomoniga o‘tish uchun qadamlarini tezlashtirdi.

Rabie shoshgani yana bir inson shoshardi ammo piyoda emas edi. Velosiped boshqa rib otmoqchi bo'lgan yigit boshqaruvni yoqotarkan sal qolsa Rabieni urib yuborardi.

— Hey! — Rabie qorquv aralash baqirarkan ammo kech edi.

Velosiped g‘ildiraklari uning oyoqlari yonidan bir necha santimetr naridan shiddat bilan o‘tib ketdi. To‘satdan qo‘rquvdanmi yoki shoshqaloqlikdanmi, Rabie qo‘lidagi xaltalarni mahkam ushlay olmadi va hammasi yerga sochildi. Non, sut qutisi, sabzavotlar... hammasi asfalt ustiga tushdi.

— Voy, kechirasiz! — yigit bir ammalab tohtadiyu birinchi aytgan gapi shu boldi. Biroz sovuqlashgan nigoh. Kelishgan ko'rinish hozir Rabieni ushlab qola olmasdi.

— Kechirasiz?! — deya takrorladi u achchiq ohangda. — Nega oldinga qarab yurmaysiz? Agar meni urib yuborganingizda nima bo‘lardi?!

Yigit tezda velosipedidan tushib, narsalarni yig‘ishga urinib, o‘zini oqlashga harakat qildi.

— Rostdan ham ayb menda, shunchaki shoshilayotgandim... Men yordam beraman!

Rabie hansiragancha, yerdagi sabzavotlarni terarkan, uning gapiga e’tibor bermadi. Ammo yigit ham qo‘lidagi narsalarni tartib bilan xaltaga joylay boshladi.

— Bo‘ldi, kerak emas! — dedi Rabie keskin ohangda.

Yigit qo‘lidagi nonni unga uzatarkan, biroz jilmaydi:

— Rostdan ham uzr so‘rayman... Aybimni oqlash uchun nima qilsam bo'ladi.

Rabie uning qo'lidan nonni olgancha jahl aralash xo'rsindi. Yigit ozini xuddi hech narsa bo‘lmagandek tutarkan... Bu esa Rabieni yanada jahlini chiqarardi.

— Agar shunday haydashda davom etsangiz, keyingi safar kimnidir urib yuborasiz, — Rabie qo'lidagi qog'oz haltani yanada qattiq siqimlarkan jahl qilib qoyishni ham unutmadi

— Lekin sizga zarar yetmaganidan xursandman. Yigit ozini biroz no odatiy tutishi borgan sani Rabieni g'ashini keltirardi.

Rabie unga jahl bilan qarab qoygach ortiga burilib yurib ketdi. Ammo yuragi g‘alati his bilan to‘lib-toshgandi.

Orqasidan esa yigitning xotirjam ovozi eshitildi:

— Ko‘chada ehtiyot bo‘ling, iltimos!

Rabie o‘zini ortiga o‘girilmaslikka majbur qildi. Lekin yuragi negadir hanuz tez urardi…                                                        – Eliff.... –Habibe birdan nimadur yodiga tushgandek Elifga yuzlandi.

– Hmmmmm — hatto kozini ochishni istamaygina javob qaytararkan Habibe avval ikkilangach so'ng savol berdi.

— Ishonamiz oldida necha kundan beri bir mushuk paydo bolib qolgan sezdingmi.

— yoq etibor bermadim.

Habibe ishhonadan chiqan dagi holatni eslarkan birdan yuzida tabbasum paydo boldi.

~Flashback~

Habibe bir kuni qahvaxonadan chiqayotganida, past va nimjon mushuk ovozini eshitib aynan ovoz kelayotgan tarafga qarab yurarkan Atrofni ko‘zdan kechirarkan, qahvaxonaning orqa qismida, burchakda kimdir bir mushuka gamhorlik qilardi.

Yaqinroq qarasa, yigit mushukka ovqat uzatayotgan, barmoqlari bilan uning orqasini asta silayotgan edi. Mushuk esa unga suykalib, mayin ovozda miyovlab qo‘yardi.

Habibe bir muddat bu manzarani kuzatib turdi. Notanish yigitning harakatlarida nimadir iliqlik bor edi. Mushukka mehr bilan boqayotganini ko‘rib, yuziga beixtiyor mayin tabassum yugurdi. Lekin u yigitning kimligini so‘rash yoki yaqinroq borish o‘rniga, shunchaki jilmayib, yo‘lida davom etdi....                                               Habibe va Elif uyda otirisharkan Rabie ham jahl ustida kirib keldi. Qo'lidagi paket biroz shikastlangan yoki tushirib yuborgani yoki boshqa biron nima bo'lgani ezilib turardi.

— nima boldi.... — Habibe Rabiening jahl ustida qilayotgan ishlariga qarab turgancha gapirdi.

— Bir telba yaxshi bilmasa kerak velosiped haydashni meni bosib ketay dedi yana yetmaganiga gap ham otadi.

Elif divanda yotgan joyidan boshini ko‘tarib, qiziqib qaradi. Rabiening yuzi hali ham g‘azabdan qizargan, qo‘lidagi sumkani esa stulga tashladi.

— Nima? Bosib ketay dedi?! — Elif hayrat aralash savol berdi?!

— Ha! O‘sha telba velosipedidan shunaqa shiddat bilan o‘tib ketdiki, agar ozgina oldinga yurganimda, hozir sizlar bilan emas, kasalxonada gaplashayotgan bo‘lardik!

Habibe sekin tabbasum qildiyu

— Keyin nima boldi? — deb soradi

— Keyin? Keyin, albatta, narsalarim yerga sochildi! U bo‘lsa "kechirasiz" deb turibdi. Go‘yo bu bilan hammasi joyiga tushib ketadigandek!

— Bu gapning nimasi yomon? Juda odobli yigitga o‘xshaydi-ku?

Rabie kesatiqcha jilmayib, sumkasidan nonni olib stolga qo‘ydi.

— Yo‘q, ilohim, Allohim boshqa yo'limdan chiqarmasin hammasi tugasin! Bu mavzu yopilsin!

Ammo yuragining tubida nimadir qiziq tuyulardi. O‘sha begona yigitning xotirjam nigohi hanuz ko‘z oldidan ketmasdi….                                                 Kech tushgach Elif yana Habibe o'rniga ishga chiqarkan Habibe aytgan gap esiga tushdiyu qahvahona orqasidagi tor yo'lakka o'tdi. Qarasa hali ham mushuk usha yerda va bir yigit uni taomlantirardi.

Elif asta-sekin qadam tashlab, yigit va mushukka yaqinlashdi. Mushuk ovqatni ishtaha bilan yeb, ba’zan yigitning qo‘liga yuzini ishqardi. Yigit mushukning yelkasini asta silab, yumshoq ohangda nimadir derdi. Uning ovozi xotirjam va hatto biroz yoqimli ham eshitilardi.

Elif sal yaqinroq kelib, yigitga qaradi. U baland bo‘yli, qora sochlari biroz betartib va ko‘zlarida qandaydir sokinlik bor edi. Yigit Elifning borligini sezib, asta boshini ko‘tardi.

— Siz bu mushukka qarayapsizmi? — deya muloyim ohangda so‘radi Elif.

Yigit jilmaydi:

— Ha, u judayam ochiqan edi. Men uni ilk bor ko‘rganimda, ancha zaif holda edi. Endi esa biroz o‘ziga kelib qoldi.

Elif mushukka qararkan, U endi ancha tetik ko‘rinardi, shirin qornini to‘yg‘izayotgan edi.

— Habibe ham bu mushuk haqida menga aytgandi shu uchun ko'rgani keldim. — dedi Elif, yigitning qo‘lida turgan ovqat qutisiga ishora qilib. — Siz doim uni ovqatlantirasizmi?

— Ilk bora ko‘rgan kunimdan beri imkon bo‘lsa, kelib ketaman. Har safar ovqat olib kelaman. Men uni o‘z taqdirimga bog‘laganman.

— Har kimning hayotida unga bog‘langan biror narsa bo‘ladi. Ba’zan odamlar, ba’zan esa mana shunday ojiz jonivorlar.

Elif bu so‘zlar ustida o‘ylanib qoldi. U o‘zining ham taqdirga bog‘langanlarini, onasini va do‘stlarini esladi.

Yigit qutini bir chetga qo‘yib, qo‘llarini artdi. So‘ng, xotirjam ohangda javob berdi:

— Jungkook.                                            — Men Elifman, — dedi qiz muloyim ohangda. — Siz bilan tanishganimdan xursandman. Bilasizmi, aslida men mushuklarni unchalik yoqtirmayman. Lekin dugonam ularni juda yaxshi ko‘radi. Agar u bu yerda mushuk borligini aytmaganida, kelmasdim. Agar mushukni o'lib qolsa, u meni kechirmasdi. Shu bois, bu yerda bo‘lsa va och qolgan bo‘lsa, uni taomlantirmoqchi edim.

Jungkook uning so‘zlarini diqqat bilan tingladi va bosh irg‘adi.

— Siz aytayotgan o‘sha qiz qahvaxonada ishlaydigan qiz emasmi?

— Ha, shunaqa. Uni tanisizmi? — so‘radi Elif qiziqib.

Jungkook nim tabassum bilan jilmaydi. Ko‘zlarida qandaydir sirli iliqlik paydo bo‘ldi.

— Men uni doim chetdan kuzataman, — dedi u xotirjamlik bilan. — U angel kabi tabassumga ega.

Elif bu so‘zlardan biroz hayron bo‘ldi. Jungkookning ovozi muloyim, so'zlari esa ishonchli edi. U dugonasi haqida shunday samimiy gapirganidan ko‘ngli biroz erib ketdi.

Jungkook bir zum o‘ylab qoldi. Go‘yo javobi tayyor edi, lekin uni qanday ifodalashni bilmayotganday. Keyin esa ohista gap boshladi:

— Ba’zan odamlar hayotimizga shunchaki kirib kelmaydi. Ular bizga qandaydir ma’noga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kishilar bo‘ladi.

Elif uning so‘zlarida bir ma’no yashiringanini sezdi, lekin aniq anglab yetolmadi. Bir necha soniya shunchaki Jimlik cho'kdi.

— Balki qachondir u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanisharsiz? — dedi Elif nihoyat.

Jungkook kulimsiradi, lekin hech narsa demadi. Go‘yo bu savolning javobi unga ham noma’lum edi.

Ular Jungkook bilan o‘sha yerda xayrlashib, orqaga qaytayotganlarida, Elifning nigohi qahvaxona oynasi yonida o‘tirgan yigitga tushdi. U ko‘zlarini Elifdan uzmas, bu esa uni hijolatga qo‘yardi.

Ayan ko‘zlari to‘qnashganini sezgach, bir lahza o‘ylanib qoldi, so‘ng o‘rnidan turib, Elif tomon yo‘l oldi. U peshtaxta oldida to‘xtab, xotirjam Buyurtma berdi.

Elif o‘zini qo‘lga olishga harakat qilib, kassaga tolov qilishi uchun ishora qildi.

— Hozir tayyorlayman.

U qahva mashinasini yoqib, harakatlarini puxta bajara boshladi. Ammo Ayanning nigohi hanuz unga qaratilganini sezib turardi.

Ayan peshtaxta yonida turib, Elifning harakatlarini kuzatar ekan, jilmayib qo‘ydi:

Ayan sezilar sezilmas tabbasum qilarkan

— Demak, men sizni tez-tez uchratib turaman — Dedi pichirlab

Elif hech narsa demadi. Qahva mashinasidan chiqqan bug‘ atrofga tarqaldi, kapuchino tayyor bo‘lgach, qahvani Ayan tomon uzatdi.

Ayan chashkani oldi, lekin ketmadi. U bir lahza ichimlikka qaradi, so‘ng Elifga yana tikildi.

— Rahmat, — dedi u past ovozda.

Elif unga tabbasum qilgach

Ayan ichimligini ushlagancha joyiga qaytib ketdi. Ammo Elif hali ham uning nigohini sezib turardi. U yigitning harakatlarida nimadir g‘alati, ayni paytda tushunarsiz bir narsa borligini his qildi.

Kim edi bu inson? Nega u Elifga shunchalik diqqat bilan qarardi?

Bu savollar uning ongida tinimsiz aylanardi. Ammo javob topish uchun vaqt kerak edi.                                              — Buvi... Men keldim, — dedi Ayan, uyga kirib borarkan.

Ammo hech qanday javob eshitilmadi. U yuragini hovuchlab, atrofga ko‘z yugurtirdi.

Ichida qandaydir yomon his uyg‘ondi. U sekingina honaning eshigini taqillatdi.

— Buvi?

Ayan eshikni ohista ochdi va ko‘rgan manzaradan yuragi bir zumga to‘xtab qolganday bo‘ldi. Buvisi yerda hushsiz yotardi.

— Buvi! — u bir zumga qotib qoldi, keyin o‘ziga kelib, yugurib borib ayolning yoniga tiz cho‘kdi.

Qo‘llari titrayotgan holda buvisining peshonasiga qo'ydi — tanasi iliq edi, ammo u ko‘zlarini ochmasdi.

Ayan shoshilinch ravishda telefonini chiqarib, tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi. Barmoqlari titrardi, lekin u o‘zini qo‘lga olishga harakat qilardi.

— Iltimos, tezroq kelinglar! Buvim hushsiz yotibdi! — dedi u shoshilinch ohangda.

Dispecher unga tinchlanishni va tez yordam yo‘lga chiqqanini aytdi. Ayan esa buvisining qo‘lini ushlagancha, ichida faqat bir narsani takrorlardi: “Faqat ko'zlaringizni oching, buvi... Ahir yagona yaqinimsiz”

Tez yordam mashinasi kelguncha, Ayan buvisining yonidan ketmadi. U asta-sekin nafas olayotganday tuyulardi, lekin ko‘zlarini ochmas, hech qanday alomat ko‘rsatmasdi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, shifokorlar yetib keldi. Ular darhol buvisini tekshirishga tushishdi, Ayan esa chetga chiqib, shoshqaloqlik bilan ularning har bir so‘zini kuzatardi.

— Holati og‘ir, biz darhol kasalxonaga olib borishimiz kerak, — dedi shifokorlardan biri.

Ayan darhol mashinaga chiqishga tayyorlandi.

— Men ham boraman, — dedi u qat’iy ohangda.

Shifokor unga ruxsat berib, buvisini mashinaga yuklashdi.

Ayan mashina ichida buvisining yonida o‘tirdi. U yo‘lda faqat bitta narsani o‘ylardi: buvisining yana ko‘zlarini ochishni, va yana uning boshlarini silashini istardi.                                              Elif bugun kunduzi ishlashi shart emas edi. Odatda, bu kuni qahvaxonada odam kam bo‘lgani uchun boshlig‘i unga dam olishga ruxsat berardi. Uyga kelishi bilan to‘g‘ri yuvinish xonasiga o‘tib, yuz-qo‘lini chayqadi, so‘ng esa qizlar bilan nonushtaga o‘tirdi.

Hali bir-ikki luqma yeb ulgurmay, qulog‘iga tanish, ammo vahima uyg‘otuvchi ovoz eshitildi. Yuragi gupillab ketdi. Elif dasturxondan turib, Habibe va Rabie bilan birga onasining xonasiga yugurdi.

Ichkariga kirishlari bilan Elifning yuragi taka puka bolay dedi —

— Ona! — Elif chaqirdi-da, yoniga chopdi.

Rabie tezda tumbochkadan dorilarni oldi, Habibe esa yana osha dokaga oralgan bir nimani qoliga oldi. Va Onasidek korgan inson tishlari orasiga joylashtirdi. Elif onasining qo‘llarini silarkan, ichida faqat bitta duo qaytarilardi: "Iltimos, yo Rabbim, yana bir bor, yana bir bor unga kuch ber..."

Ammo bu safar ahvol yaxshilanmasdi, tobora yomonlashar va borgan sari vaziyat chuqurlashardi.